15:55 / 09.04.2016
2776

TATUda «Ta'lim tizimi va AKT sohasiga oid korxonalarning hamkorligi» seminari o‘tkazildi

8 aprel kuni TATUda «Ta'lim tizimi va AKT sohasiga oid korxonalarning hamkorligi» yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda professor-o‘qituvchi va talabalar soha korxonalari vakillari tomonidan bugungi kunda sohaga kiritilayotgan yangi texnologiyalar va soha mutaxassislariga qo‘yiladigan asosiy talablar bilan tanishtirildi.

Amaliy hamkorlik seminari doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi Inha universiteti o‘rtasida anglashuvlik Memorandumi imzolandi. Har ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida respublikaning oliy ta'lim tizimiga o‘quv jarayonini zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-ta'lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr va tajriba almashildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar haqida kelishib olindi.

Soha mutaxassislari tomonidan ta'lim va ishlab chiqarishga, jumladan, 

—   respublikada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida uzluksiz ta'lim va malaka oshirish tizimini shakllantirishga ko‘maklashish, ilmiy tadqiqot va ta'lim muassasalari, dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilar, ishlab chiqarish korxonalari, sanoat va infratuzilma tarmoqlari hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iste'molchilari o‘rtasida o‘zaro mustahkam hamkorlikni o‘rnatish;

—   axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislarni, birinchi navbatda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni ta'minlashga doir amaliy takliflar berildi.

Seminar yakunida TATU iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Top