22:54 / 09.04.2016
2006

Xitoyda qishloq joylardagi onlayn-savdo hajmi 55 mlrd dollargacha oshdi

Xitoyda qishloq joylardagi onlayn-savdo hajmi 2015 yil natijalariga ko‘ra 353 mlrd yuanni (55 mlrd dollar) tashkil qildi. Bu 2014 yildagidan 14 foiz ko‘proq bo‘ldi. “Sinxua” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda Xitoyning tijorat vaziri yordamchisi Van Binnan ma'lum qilgan.

“Xitoyda qishloqqa mo‘ljallangan 3 mingdan ko‘proq tijoriy veb-saytlar mavjud. Biroq malakali mutaxassislarning yetishmasligi, past raqobatbardoshlik, nomukammal bozor va zaif infratuzilma sohaning rivojlanishini qiyinlashtirmoqda”, deb ta'kidlab o‘tdi Binnan.

Binnanning aytishicha, Xitoyning qishloq joylaridagi internet-foydalanuvchilar soni ayni vaqtda 56,6 mln kishiga yetgan.

“Sinxua” ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda Xitoyda chakana elektron savdo umumiy hajmi 33,3 foizga o‘sib, 3,88 trln yuangacha (604,5 mlrd dollar) yetgan

Top