01:07 / 10.04.2016
1570

“Atletiko” “Espanol” ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa qaytdi

Madridning “Atletiko” klubi Ispaniya Primerasining 32-turida mehmonda “Espanol” bilan uchrashdi. Uchrashuv 1:3 hisobi bilan “matraschilar” foydasiga yakunlandi.

“Matraschilar” Papa Diop goliga javoban Fernando Torres, Antuan Grizmann va Kokening gollari bilan javob berishdi.

“Atletiko” shu g‘alaba evaziga musobaqa jadvalining 2-o‘rniga qaytdi: “matraschilar” 73 ochko to‘plashdi hamda “Real”dan 1 ochko oldinga o‘tib olishdi. “Espanol” esa 36 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Ispaniya Primerasi, 32- tur
Espanol – Atletiko M – 1:3
Gollar: Diop, 29 (1:0); Torres, 35 (1:1); Grizmann, 58 (1:2); Koke, 89 (1:3).

Top