09:34 / 10.04.2016
1310

Armaniston Rossiyani Ozarbayjonga qurol sotmaslikka chaqirdi

Armaniston bosh vaziri Ovik Abramyan Rossiyani Ozarbayjonga qurol sotmaslikka chaqirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Shu bilan birga Abramyan bu masala Rossiyaning shaxsiy ishi ekanligini tan oldi.

"Sotishmaganda yaxshi bo‘lardi, biroq bu ularning ishi, ular hal qiladi. Biz qurol sotmaslikka chaqirganmiz va chaqirmoqdamiz", deb aytdi Abramyan.

Abramyanning ta'kidlashicha, Rossiya Armanistonning strategik ittifoqdoshi hisoblanadi, biroq bunga qaramasdan, arman xalqi Rossiyaning Ozarbayjonga qurol sotishini katta og‘riq bilan qabul qilmoqda.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya Armaniston va Ozarbayjonga qurol yetkazib berishni davom ettirishini ma'lum qilgandi.

Top