07:14 / 10.04.2016
1357

Bryussel politsiyasi terrorchilardan birining ichida portlovchi modda bo‘lgan ryukzagini qidirmoqda

Bryussel politsiyasi Belgiya poytaxtida kuni-kecha qo‘lga olingan, Bryussel aeroportida teraktdan avval aeroportdagi kuzatuv kameralari tomonidan ikki aka-uka terrorchi-xudkush Ibrohim va Xolid al-Bahraviy yonida ketayotgani qayd qilingan "shlyapali odam" – Muhammad Arbiniyga tegishli, ichida portlovchi modda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ryukzakni qidirmoqda.

Bryusseldagi teraktlarni tergov qilayotgan tergovchilar xavfli ryukzak hali ham shaharning qayeridadir qolmoqda, deb hisoblashmoqda. Bu haqda Standaard nashri xabar bermoqda.

9 aprelda Belgiya maxsus xizmatlari Parij va Bryusseldagi teraktlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 5 kishini qo‘lga oldi. Ular orasida Usama Karam va Muhammad Abriniy ham bo‘lgan.

22 martda Bryussel aeroporti va shahardagi "Maelbek" metro stansiyasida portlashlar sodir etilgan. Teraktlar oqibatida 28 kishi (terrorchilar bilan birga 31 kishi) halok bo‘lgan, 340 ga yaqin odam jarohat olgan.

Top