10:12 / 10.04.2016
1557

Devid Kemeron onasidan sovg‘a sifatida 200 ming funt sterling olgani ma'lum bo‘ldi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron o‘z onasidan sovg‘a sifatida 200 ming funt sterling olgan. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Kemeron bungacha otasi Yyen Kemeronning o‘limidan keyin meros sifatida 300 ming funt sterling olgan.

9 aprelda Kemeron yaqin orada o‘zining daromadlari haqida soliq deklaratsiyasini chop etishini aytdi. Shu tariqa bosh vazir o‘z oilasining soliq ishlari atrofidagi mojaroga nuqta qo‘ymoqchi.

Avvalroq Kemeron ofshor mojarosi bilan bog‘liq hujjatlarning chop etilishidan keyin bildirilgan tanqidlarni yaxshiroq eplay olishi mumkinligini va "bundan saboq chiqarishini" aytgandi.

Top