06:36 / 10.04.2016
1724

Yevropa Ittifoqining 5 ta davlati gaz xavfsizligi bo‘yicha qonun loyihasini o‘zgartirmoqchi

Yevropa Ittifoqining 5 ta davlati: Avstriya, Belgiya, Fransiya, Germaniya va Italiya  ittifoqning qolgan a'zolariga gaz yetkazmalarini ta'minlash bo‘yicha qonun loyihasini o‘zgartirishni taklif qilishdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Ular tomonidan taklif qilinayotgan tuzatishlarda favqulodda vaziyatlarda mintaqaviy birlashish va hamjihatlik sohasida yangi qoidalarning ko‘lamini cheklash taklif qilinmoqda.

Avvalroq Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi davlatlarining gaz yetkazib berish masalasida hamjihatlik tamoyilini taklif qilgandi. Unga ko‘ra Yevropa Ittifoqining biror davlatida gaz ta'minoti bilan jiddiy muammo yuzaga kelsa, bu davlatga qo‘shni davlatlar uni gaz bilan ta'minlashlari kerakligi ko‘zda tutilgan.

Top