14:52 / 10.04.2016
1395

Fransiya bosh vaziri yashaydigan tumanda tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals istiqomat qiladigan Parij shahridagi tumanlardan birida yuzlab kishilar yakshanbaga o‘tar kechasi namoyish o‘tkazmoqchi bo‘lishdi. Bu haqda BFM TV telekanalida xabar berilgan.

"Ayni vaqtda Jazoirda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan bosh vazir uyi qarshisida namoyish o‘tkazishga urinish bo‘ldi", deyiladi xabarda.

Xabar qilinishicha, hududdagi bir qator ko‘chalarni politsiya o‘rab olgan, shundan so‘ng yig‘ilgan kishilar politsiyachilar bilan to‘qnashuvga kirishgan. Natijada politsiya 11 okrugdagi ko‘chada namoyishchalarga qarshi ko‘zdan yoz oqizuvchi gaz qo‘llagan. Shuningdek, bir necha kishi qo‘lga olingan.

Bu holat tasvirlangan videolarda tartibsizlik ishtirokchilari vitrinalarni sindirgani, bankomatlarni buzganini ko‘rish mumkin.

Bu namoyish mehnat qonunchiligidagi islohotlarga qarshi yuz berdi. Shunga o‘xshash namoyishlar shu kuni kechasi mamlakatdagi 60ga yaqin shaharda o‘tkazilgan va ularning hech birida jiddiy voqealar ro‘y bermagan.

Top