23:36 / 10.04.2016
1983

Shahzoda Uilyam va malika Keyt Hindistonga safarlarini boshlashdi

10 aprelda Kembrij gersog va gersoginyasi shahzoda Uilyam va malika Keyt Hindistonga qirollik safarlarini boshladilar. Safar bir hafta davom etadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Uilyam va Keyt 2008 yilda terrorchilarning hujumi oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan Taj Palace Hotel mehmonxonasida to‘xtashdi. Ular terakt qurbonlari xotirasiga mehmonxonada barpo etilgan yodgorlikka gulchambar qo‘ydilar. Shahzoda va malika tashrif buyuruvchilar kitobida "Bema'no shafqatsizlikdan hayotini yo‘qotgan yoki jarohat olganlar xotirasiga" degan yozuv qoldirishdi.

Juftlik nochorlarga yordam beruvchi nohukumat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdilar. Shuningdek, ular xarobalarda yashovchi bolalar bilan birga avtobusda Mumbayni aylanib chiqishdi.

Shu kunning o‘zida juftlik mahalliy kriket akademiyasiga tashrif buyurib, bir raund kriket o‘ynadi. Kechki payt ular Bollivud yulduzlari, sportchilar va biznes vakillari bo‘lgan xayriya balida ishtirok etdilar.

Top