08:12 / 10.04.2016
1743

Taniqli fransuz futbolchisi Nikolya Anelka Chechenistonda mehmon bo‘ldi

Hozirda Hindistonning "Mumbay Siti" klubida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirayotgan taniqli fransuz futbolchisi Nikolya Anelka Checheniston rahbari Ramzon Qodirov taklifi bilan ikki kun Chechenistonda mehmon bo‘ldi. Uning safari 9 aprelda yakuniga yetdi.   

2000 yilgi Yevropa chempioni uchun Grozniyda sermazmun sayyohlik dasturi uyushtirildi. Dastlab futbolchi "Terek" klubi futbolchilari bilan uchrashdi, 9 aprelda esa Qodirov bilan birga qoidasiz janglar bo‘yicha Grand Prix Akhmat 2016 musobaqasiga tashrif buyurdi.  

"Men Grozniyda ko‘rgan barcha narsa – futbol, stadion jahon darajasida. Fikrimcha, bu yerda futbolchilar o‘z ishlarini a'lo darajada bajarishlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Men avval Rossiyaga futbolchi sifatida kelganman, bu safar esa mehmon sifatida keldim. Chechenistonga bunday mavqeda kelganimdan xursandman va barchasini yaqindan ko‘ra olishim mumkin", deb mahalliy matbuotga o‘z taassurotlari haqida gapirib berdi 37 yoshli futbolchi. 

Nikolya o‘z fuqaroligini o‘zgartirishni istamasada, biroq agar Rossiyadan ishlash haqida taklif tushsa rad etmasligini aytdi.

"Rossiyada ishlash, deysizmi? Agar bunday imkoniyat paydo bo‘lsa, nima uchun yo‘q? Men doimo o‘z uquvim va tajribam bilan bo‘lishishga tayyorman. Hech qanday muammo yo‘q. Sizlarning yurtingiz juda go‘zal. Bu yerga kelishni barcha do‘stlarimga tavsiya qilaman", deb ta'kidlab o‘tdi Anelka.

Anelka o‘z vaqtida jahonning bir qator nomdor klublari – "Real", "Yuventus", "Pari Sen-Jyermen", "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Bolton"da to‘p surgan.

Top