06:27 / 10.04.2016
1343

Turkiya tashqi ishlar vazirligi: Ozarbayjon Qorabog‘ ixtilofida bosiqlik ko‘rsatmoqda

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Ozarbayjon Qorabog‘ ixtilofida bosiqlik ko‘rsatmoqda, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Biroq Chovusho‘g‘luning aytishicha, Anqara Bokudan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘dagi ixtilofni tinchlik bilan hal qilish bo‘yicha qadamlarni kutib qolmoqda.

"Ozarbayjonning 20 foiz hududi bosib olingan, bunga ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT va PASe ham baho bergan. Biroq Armaniston Ozarbayjonga nisbatan ig‘vogarlikni davom ettirmoqda. Bunga yaqqol misol – Naxichevani hududining o‘qqa tutilishi. Bu jiddiy qonunbuzarlik. Ozarbayjon bu masalada sabr-toqatlik bilan harakat qilmoqda. Umid qilamizki, katta ko‘lamdagi qarama-qarshilik yuz bermaydi. Biz Ozarbayjondan ham ixtilofni tinchlik bilan hal qilish bo‘yicha qadamlarni kutib qolmoqdamiz", deb aytdi Chovusho‘g‘lu.

Shu bilan birga Chovusho‘g‘luning aytishicha, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi ixtilofni hal qilishga yetarlicha qiziqish bildirmadi va shu tariqa umidlarni oqlay olmadi.

Avvalroq Armaniston tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan Ozarbayjon qurolli kuchlarining Tog‘li Qorabog‘ respublikasidagi harakatlarini avvaldan rejalangan, deb aytgandi.  

Top