11:09 / 10.04.2016
1315

«Yuventus» Italiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 22 o‘yinga yetkazdi

«Yuventus» 9 aprel oqshomida A seriyaning 32 turida «Milan»ga qarshi safar o‘yinida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda hisob mezbonlar vakili Aleks tomonidan 18 daqiqada ochilgan, Mario Manjukich 27 daqiqada hisobni tenglashtirgan, Pol Pogba esa 65 daqiqada g‘alaba goliga mualliflik qilgan.

Shu tariqa, «Yuventus» Italiya chempionatidagi ketma-ket qayd etilgan mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini 22taga yetkazdi. Ayni vaqtda turinliklar 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda va eng yaqin ta'qibchilari bo‘lmish «Napoli»ni (neapolliklar zaxirasida 1 o‘yin bor) 9 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda.

«Milan» esa 49 ochko bilan turnir jadvalining oltinchi o‘rnida bormoqda.

Top