10:53 / 11.04.2016
1657

Afg‘oniston poytaxtida kuchli portlash sodir etilishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir etilishi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan va 6 kishi jarohatlangan. Bu haqda Hama Press xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, shaharning Bagromiy tumanidagi hukumat binosi oldida avtomobil portlashi tufayli terakt amalga oshirilgan.

Hozircha bu terakt uchun hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid
Top