11:47 / 11.04.2016
1542

AQSh va Yaponiya Okinava orolidagi harbiy bazani ko‘chirish rejalarini amalga oshirishga kelishib oldi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri ularning hukumatlari Okinava prefekturasidagi «Futemma» Amerika harbiy bazasini boshqa joyga ko‘chirish rejasini amalga oshirishga tayyorliklarini bildirishdi. Kyodo axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar "katta yettilik" tashqi ishlar vazirlarining Xirosimada bo‘lib o‘tayotgan anjumani doirasida muloqot o‘tkazishgan.

Aytish joizki, Kerri va Kisida uchrashuvidan bir necha kun avval, AQSh prezidenti Barak Obama Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan o‘tkazgan muzokaralarida «Futemma» bazasi ko‘chirilishining muddati cho‘zilib ketishidan xavotir bildirgan edi.

Yaponiya hukumati esa, shu yilning o‘zida Okinavaning janubidagi orolning 7800 gektar maydonini qaytarib olishni rejalashtirmoqda. Bu raqam Amerika harbiy bazasi orolning 17 foiz maydonini egallab turganini anglatadi.

Top