20:43 / 11.04.2016
2126

Avstriyalik bokschi raqibining qulog‘ini tishlab oldi

Avstriyalik bokschi Astrit Klimenta boks jangi vaqtida o‘zining raqibi serbiyalik Andrey Peshichning qulog‘ini tishlab oldi, so‘ngra uning promouteri va murabbiyi, sobiq bokschi Aleksandr Petkovich bilan zarbalar bilan almashdi. Bu haqda Heute nashri xabar bermoqda.

Bu bokschilar o‘rtasidagi birinchi og‘ir vazndagi jang 9 aprelda Myunxenda bo‘lib o‘tdi. Noxush voqea 2-raundda sodir bo‘ldi. Klimenta raqibining qulog‘ini tishlagandan keyin hakam uchrashuvni to‘xtatdi. Peshichning murabbiyi Petkovich ringga otilib chiqdi. Petkovich bilan Klimenta orasida dahanaki jang vaqtida Klimenta Petkovichga zarba berib qoldi. Petkovich ham "qarzdor" bo‘lib qolishni istamay, avstriyalik bokschining yuziga musht tushirdi. Bu zarbadan Klimenta bir onga muvozanatini yo‘qotib qo‘ydi.

Endi mojaroning ikkala ishtirokchisiga ham uzoq muddatli diskvalifikatsiya xavf solmoqda.

Top