11:16 / 11.04.2016
1649

Brent nefti narxi 42 dollardan oshib ketdi

Jahon bozorida qora oltin narxlari ko‘tarila boshladi. London va Nyu-York birjalaridagi elektron savdolari natijalari shunday fikr yuritishga asos bo‘lmoqda.

Nyu-York tovar xom ashyo birjasida (NYMEX) may oyi uchun o‘tkazilgan savdolarda WTI rusumli yengil neftning bir barreli bahosi 0,43 foizga ko‘tarilib, 39,89 dollarni tashkil etdi.

Londonning ICE Futures birjasidagi Brent neftining iyun oyida yetkazib beriladigan fyucherslari ham 0,43 foiz yuqorilab, bir barreli 42,12 dollarga baholangan.

Top