22:42 / 11.04.2016
1570

Buyuk Britaniya moliya vaziri soliq deklaratsiyasini chop etdi

Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn 10 aprelda qancha pul ishlab topgani va qancha soliq to‘laganini chop etish qarorini qabul qilgan mamlakat bosh vaziri Devid Kemeron ibratiga amal qilib, 2014-2015 yillar uchun soliq deklaratsiyasining tafsilotlarini chop etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Deklaratsiyaga ko‘ra, Osborn ko‘rsatilgan davr ichida 198 ming funt sterling ishlab topgan, undan 72 ming funt sterling soliq to‘lagan. U daromadining 120 ming funt sterlingini maosh ko‘rinishida, 33 mingini ijaradan va 44 mingini dividendlardan olgan.

Ta'kidlanishicha, bu ma'lumotning oshkor qilinishi konservativ hukumatning Kemeronning otasi ofshor mojarosi figurantiga aylangani ma'lum bo‘lgandan keyin paydo bo‘lgan savollarga javob berishga harakati hisoblanadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya hukumati "ofshor mojarosi"ni ("panamageyt") tergov qilish uchun 10 mln funt sterling ajratgani ma'lum qilingandi.

Top