19:30 / 11.04.2016
2033

eBay’da 90-yillarda chiqarilgan ikkita yangi “Mersedes” paydo bo‘ldi

eBay internet-auksionida 90-yillarda chiqarilgan, juda kam yurgan ikkita Mercedes-Benz S-Class avtomobillari paydo bo‘ldi. Har ikkala mashinaning narxi qo‘shib hisoblaganda 300 ming AQSh dollari etib belgilangan. Ularning egasi avtomobillarga “yangi” deya ta'rif bergan.

1992 yilda chiqarilgan birinchi qora 600SEL 2412 km. yo‘l yurgan. U 409 ot kuchiga ega olti litrli V12 dvigateliga ega.

1994 yilda chiqarilgan oq 400SE esa 443 km. masofani bosib o‘tgan. U 322 ot kuchili 4,2 litrli “sakkiztalik” dvigatel bilan jihozlangan.

Avtomobillarning suratiga e'tibor beriladigan bo‘lsa, mashinalardagi o‘ziga xos original jihozlar boricha saqlanib qolgan. Sedanlar 24 yil davomida nega ishlatilmagani noma'lum.

Top