16:08 / 11.04.2016
2203

Jim Kerri ofitsiantga saxiylik bilan choychaqa berdi

Komik aktyor Jim Kerri nyu-yorklik ofitsiant qizga 225 dollar choychaqa qoldirdi.

O‘tgan dam olish kunlarida aktyor do‘stlari bilan Mitpeking hududidagi ovqatlanish joyiga keladi. Kechki ovqat 151 dollarni tashkil etdi. Kerri esa bu summaga yana 225 dollar qo‘shimcha pul qoldirgan.

Mart oyida aktrisa Emi Shumer ham 77 dollarlik hisob uchun ming dollar pulni choychaqa sifatida bergandi.

Top