08:55 / 11.04.2016
1503

OAV: KXDR razvedkasining yuqori lavozimli amaldori Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan

KXDR razvedka xizmatining yuqori lavozimli amaldorlaridan biri o‘tgan yili Janubiy Koreya tomoniga o‘tib ketgan. Bu haqda nomini sir tutishni istagan manbasiga asoslangan holda Yonhap agentligi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, ismi aytilmagan bu shimollikning lavozimi polkovnik bo‘lgan. U shimolliklarning Janubiy Koreyada qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etish bo‘yicha boshqarmasida ishlagan. Manbaning aytishicha, ushbu qochqinda Pxenyanning Seulga qarshi rejalari haqida ma'lumotlar bor.

Uning aytishicha, bu xodimni Janubiy Koreyaga o‘tib ketgan shimollik harbiylar orasidagi "eng qadrlisi" deyish mumkin.

Top