06:51 / 11.04.2016
1425

Peruning sobiq prezidenti qizi prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilmoqda

Peruda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida mamlakatning sobiq prezidenti Alberto Fuximorining qizi, o‘ng sentrist Keyko Fuximori yetakchilik qilmoqda. Bu haqda ekzit-pol ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Ipsos ijtimoiy xizmati tomonidan o‘tkazilgan ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, Fuximori saylovning 1-bosqichida 37,8 foiz ovoz to‘plagan.

Fuximorining asosiy raqiblari texnokrat Pedro Kuchinski va Veronika Mendos deyarli bir xil – 20,9 va 20,3 foiz ovoz to‘plashgan.

Boshqa xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, Fuximori natijalari ham deyarli shunday bo‘lgan, ulardan birida Fuximori to‘plagan ovoz hattoki ko‘proqni tashkil qilgan.

Top