14:50 / 11.04.2016
1888

Ukraina milliy banki zig‘irpoya tolali 500 grivnalik kupyurani muomalaga chiqardi

Ukraina milliy banki 500 grivnali kupyurani yana takomillashgan himoya tizimida muomalaga chiqarmoqda.

Yangi pul muomalasining eng asosiy xususiyati - uni bosib chiqarishda chetdan keluvchi qimmatlashgan paxtadan ko‘ra mahalliy arzon zig‘irpoya tolalari ishlatiladi.

UMB matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, banknotaning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan, faqat shoir va rus diniy falsafasining otasi Grigoriy Skovorodaning portreti old taraf markaziga surilgan, ammo endi himoya belgilarini soxtalashtirish qiyin bo‘ladi. Yangi nusxada SPARK belgisi bo‘lib, u muayyan qismida bir rangdan boshqasiga o‘tadigan tasvirdir.

Yangi banknotalar 2006 yilda chiqarilgan eski 500 grivnalarning o‘rnini bosadi. Biroq bu degani eski banknotalar o‘tmaydi degani emas. Bir vaqtning o‘zida eski va yangi 500 grivnali banknotalar muomalada bo‘ladi.

Ukraina grivnani zig‘irpoya tolasidan bosishni boshladi

Top