02:52 / 11.04.2016
1929

Yoqilgan telefonlar nima uchun uchuvchilarning asabiga tegishini sababi topildi

Parvoz vaqtida o‘z telefoningizni signal qabul qilish rejimiga qo‘yishingiz uchuvchilarga o‘z ishlarini qulaylik bilan amalga oshira olmaslikka olib keladi, deydi The Independent nashri. Murakkab aviatsion tizimning ishlash jarayonida to‘siqlar paydo bo‘ladi. Uchuvchilarning oldida telefon qo‘ng‘irog‘i amalga oshirilgach, ularning quloqchinlarida shovqinlik paydo bo‘ladi.

Bunday vaziyatlar kamdan-kam hollarda uchraydi, deydi nashr. 50 marta parvoz uyushtirilganda uchuvchilar bunday shovqinni bir yoki ikki marotaba eshitishlari mumkin. Odatda bunday qoidaga rioya qilmaslik yo‘lovchilarning e'tiborsizligi yoki unutishi sabab bo‘ladi.

Ammo bir hil vaziyatlarda jiddiy muammolar ham kelib chiqadi. Parvozlarning birida mobil telefoni samolyot va dispetcher o‘rtasidagi radiosignalning uzulishiga sabab bo‘lgan. Bu holat nafaqat xavfli vaziyatni keltirib chiqargan, balki bortda bo‘lgan yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga ko‘ygan. Shunday qilib, mobil qurilmaning ishlashi samolyot uchun katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday vaziyatlarda qoidalarga rioya etib, xavfli vaziyatlarni oldini olgan afzalroq deb o‘ylaymiz.

Ba'zi aviakompaniyalar o‘ta muhim vaziyatlarda bog‘lanish uchun ma'lum bir to‘lov evaziga sms-xabarlar yuborish yoki qo‘ng‘iroqni amalga oshirish xizmatlarini taqdim etishadi.

Top