09:58 / 12.04.2016
4899

12 aprel - Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni

12 aprel—joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 102-kuni. Bugun Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni.

Voqealar:

O‘zbekiston: 2002 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Butunjahon banki Prezidenti Jyeyms Vulfensonni qabul qildi.

1994 yil. Toshkentda “Talabalar bilimini test yo‘li bilan nazorat qilish hamda reytingli baholash” mavzusida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Jahon: 1903 yil. Londonda ichki yonuv dvigatelida harakatlanuvchi ilk avtobuslar yo‘lovchilar tashishni boshladi.

1943 yil. Fransiyaning “Nant” futbol klubi tashkil etildi.

1961 yil. Rus uchuvchisi Yuriy Gagarin birinchi bor samoga omadli parvoz qildi.

BUGUNGI SANADA TUG‘ILGANLAR:

1839 yil—atoqli geograf, Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan olim Nikolay Mixaylovich Prjyevalskiy,

1853 yil—shotland vrach-kardiologi Jyeyms Makenzi,

1884 yil—nemis biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi Otto Meyyergof.

Top