15:25 / 12.04.2016
2161

AQShda ikki boshli ilonni kuzatishdi

Ilonni kanzaslik Jyeyson Telbott videoga tushirgan. Uning aytishicha, birinchi bosh ikkinchi boshga qaraganda tajovuzkorroq bo‘lgan va suratkashning do‘stiga hujum qilib ko‘rmoqchi bo‘lgan. Hujum omadsiz yakunlangan, chunki ikkinchi bosh halaqit bergan.

Mutaxassislarning aytishicha, ikki boshli ilon uzoq hayot kechirmaydi. Ularni fanda Pantherophis obsoletus deb atashadi.

Top