21:25 / 12.04.2016
1934

Ayollar internetda erkaklardan ko‘ra ko‘proq himoyalanganroq ekanligi ma'lum bo‘ldi

VPN-servis bilan shug‘ullanuvchi AQShning HMA kompaniyasi katta yoshdagi amerikaliklar orasida erkaklar va ayollar internetdagi xavfsizlikka qanday yondashishlari borasida jiddiy tavofut aniqlangan so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu haqda Forbes nashri xabar bermoqda.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, erkaklar internetda shaxsiy xavfsizlikni ta'minlashning texnik jihatlariga ko‘proq e'tibor qaratadilar – ular VPN, pochtani shifrlash dasturlari, IP niqoblash, parollar menejyeri, ikki pog‘onali autentifikatsiya va brauzerlar uchun xavfsizlikni kuchaytiruvchi kengaytmalardan foydalanadilar. Ayollar esa o‘z navbatida maxfiylik sozlanmalari va o‘zlarining tarmoqdagi xatti-harakatlaridan ko‘proq xavotirlanadilar.

Shu bilan birga erkaklar tarmoqda muammolarga duch kelganlari haqida ko‘proq xabar beradilar – ularda ayollardan ko‘proq (5 foiz) akkauntlar fishingi va zararli dasturni o‘rnatish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Ayollar bunday muammolarning paydo bo‘lishidan keyin o‘zlarining tarmoqdagi xatti-harakatlarini istabroq o‘zgartiradilar.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra shu kelib chiqadiki, tarmoqda ko‘proq shaxsiy xavfsizlikni ta'minlash uchun foydalanuvchilar xabar qilinayotgan ma'lumotning xarakteriga e'tiborliroq munosabatda bo‘lishlari hamda tarmoq himoyasining texnik jihatlarigagina tayanmasliklari lozim.

Top