20:45 / 12.04.2016
1741

Britaniyalik erkak "haqiqiy Tom va Jyerri poygasini" suratga oldi

Britaniyalik Devid Oranj "haqiqiy" Tom va Jyerrini suratga oldi, deb xabar bermoqda Mail Online nashri.

Ilford shahrida yashovchi Oranj o‘zining Odri laqabli mushugining sichqonga ov qilayotganini suratga oldi. Gazeta olingan suratni "Tom va Jyerri" multfilmidagi mushuk va sichqon bilan qiyosladi va suratni "multfilmga xos ajabtovur lahza" deb atadi. Ma'lumki, bu multfilmda Tom laqabli mushuk Jyerri laqabli sichqonchani taqib qiladi.

Odri va uning "qurboni"ning qarama-qarshiligi multfilmdagi kabi sichqonning foydasiga hal bo‘ldi. Mushuk sichqonni uyga olib keldi, so‘ngra uning ortidan oshxonada 2 soat quvlab yurdi. Sichqonni tutishda shuningdek Sem laqabli spaniyel zotidagi it ham "qatnashdi". Biroq sichqon ikkala taqibchisidan ham qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Oranjning aytishicha, sichqonni ozodlikka qo‘yib yuborish uchun uning o‘zi uni tutmoqchi bo‘lgan, biroq sichqon juda chaqqon bo‘lib chiqdi.

Top