19:52 / 12.04.2016
3439

Daily Mail eng yomon logotiplarga ega bo‘lgan futbol jamoalari o‘nligini tuzib chiqdi

Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi emblemasi Buyuk Britaniyadagi Daily Mail nashri tomonidan dunyo futbol jamoalari bo‘yicha eng yomonlaridan biri sifatida qayd etildi.

Daily Mail talqiniga ko‘ra, «Zenit» jamoasi emblemasidan Admirallik kemasi tasviri va «Futbolnyy klub Sankt-Peterburg» yozuvi olib tashlangach, o‘z alohidaligini yo‘qotgan.

Piterliklar embemasidan tashqari, bu boradagi o‘nlikka «Volfsburg», «Gamburg» (ikkisi — Germaniya), «Napoli» (Italiya), «Melburn Viktori» (Avstraliya), «Nyu-York Red Bullz» (AQSh), «Bogemians» (Chexiya), «Valansen» (Fransiya), «Nyuells Old Boyz» (Argentina) va «Pasush de Ferreyra» (Portugaliya) jamoalari emblemalari kiritilgan.

«Zenit»ning yangi logotipi 2013 yilda namoyish etilgandi. 2015 yilda «Zenit» Rossiya chempionatida beshinchi marta zafar quchdi va bir yulduzchaga ega bo‘ldi.

Top