23:55 / 12.04.2016
1923

Erdo‘g‘an haqida haqoratomuz she'r o‘qigan teleboshlovchi politsiya tomonidan qo‘riqlanmoqda

Nemis televideniyesi efirida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an nomiga haqoratomuz she'r o‘qigan teleboshlovchi Yan Bemerman politsiya tomonidan qo‘riqlanmoqda. Bu haqda Kyoln shahri huquq-tartibot muassasalari vakili ma'lum qildi.

"Uning uyi eshiklari oldida patrul mashinasi turibdi", deb aytdi politsiya vakili hamda bu choralar huquq-tartibot muassasalari vaziyat va Bemerman uchun xatarlarni tahlil qilganidan keyin qabul qilinganini ta'kidlab o‘tdi. "Agar hech narsani istisno qilib bo‘lmasa, unda qandaydir chora ko‘rish kerak", deb aytdi politsiya vakili.

Bemerman 31 martda ZDF telekanalida chiqadigan Neo Magazin Royale hajviy ko‘rsatuvi efirida Erdo‘g‘an nomiga haqoratomuz she'r o‘qigan. 11 aprelda Germaniya hukumati Shteffen Zaybert Germaniya tashqi ishlar vazirligi Turkiya tomonidan ushbu holat bo‘yicha og‘zaki norozilik notasi olganini ma'lum qildi. Bu notada Bemermanga nisbatan choralar ko‘rish so‘ralgan.

Maynts prokuraturasi teleboshlovchiga nisbatan tergov boshladi. Prokuratura ma'lumotlariga ko‘ra, Erdo‘g‘anning o‘zi ham da'vo arizasi bergan. Bu ariza ko‘rsatuv chiqqandan keyin bildirilgan boshqa da'vo arizalariga biriktiriladi.

Top