19:27 / 12.04.2016
1538

Fernandino: «YeChL yarim finaliga chiqish «Manchester Siti» uchun juda muhim»

«Manchester Siti» jamoasi yarimhimoyachisi Fernandino Yevropa chempionlar ligasining chorak finalida «PSJ» jamoasiga qarshi kechadigan bahs oldidan o‘z jamoasining bu turnirdagi ishtiroki haqida gapirib, ingliz jamoalarining YeChLda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi borasida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Chempionlar ligasi yarimfinaliga chiqish «Manchester Siti» futbolchilari uchun ko‘p narsani anglatadi. Axir bu mavsum biz uchun juda og‘ir kechdi va bizda ko‘plab jarohatlar bo‘ldi.

Biz butun oy davomida bir xil tarkib bilan o‘ynashimizga to‘g‘ri kelgan vaqtlar bo‘ldi. APLdagi o‘yinlar o‘ta shiddatli va jamoalar tig‘iz grafik tufayli ko‘p kuch sarflashadi. Bu esa jamoalarning barcha frontlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga yo‘l bermaydi.

«PSJ»ga qarshi o‘yin biz uchun o‘ta muhim. Jamoani Abu Dhabi Group sotib olganidan buyon YeChLda yaxshi ishtirok etish, finalga chiqish va sovrinni qo‘lga kiritish vazifalari qo‘yib kelinadi. Vaqt o‘tmoqda, bu safar bizda bosh maqsadni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan», — deydi futbolchi.

Top