21:34 / 12.04.2016
1522

«Lester»ning mavsumdagi oxirgi uy uchrashuvi uchun chiptalar narxi keskin qimmatlashib ketdi

«Lester» jamoasining APLning 37 turida «Everton»ga qarshi kechadigan uy uchrashuvi uchun chiptalar narxi keskin ko‘tarilib ketdi.

The Guardian nashrining yozishicha, APL yetakchisi bo‘lib turgan bu jamoaning mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi uchun chiptalar 11 aprel kuni 90 daqiqa ichida sotib bo‘lingan. Olibsotarlar bu o‘yin uchun chiptalarining donasini 18 ming yevrodan sotishgan.

«Lester» muxlislari bu voqeadan qattiq ranjishgan va rahbariyatga noroziliklarini bildirishgan. O‘z navbatida, rahbariyat ham voqealarning bu tariqa rivojidan xursand emas va tegishli choralar ko‘rishga kirishgan.

Klaudio Raneri shogirdlari ayni vaqtda eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 7 ochkolik farq bilan ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o‘rinda joylashgan.

«Tulkilar» 17 aprel kuni 34 tur o‘yinida Londonning «Vest Hem» jamoasini qabul qiladi.

Top