09:54 / 12.04.2016
2808

Qozog‘istonda Tumblr internet-resursi terrorchilik va pornografiya targ‘ib qilingani uchun taqiqlab qo‘yildi

Qozog‘istonda Tumblr internet-resursi taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda Qozog‘iston internet-uyushmasining feysbukdagi sahifasida ma'lum qilindi.

Qozog‘iston aloqa, axborot va axborotlashtirish qo‘mitasida izohlanishicha, tekshiruv vaqtida resursda terrorchilik va diniy ekstremizmni targ‘ib qiluvchi materiallar aniqlangan. Bundan tashqari, saytda pornografik mazmundagi postlar ham aniqlangan.

"Ko‘rsatilgan saytda IShIDning "Halifalik yangiliklari" ("Dawla news") deb nomlangan axborot-yangiliklar portali joylashtirilgan. Bu portaldagi materiallar Suriyada o‘ldirilgan jangarilar, ular tomonidan bosib olingan punktlar haqidagi yangiliklar va rasmiy bayonotlar bilan har kuni yangilanib turiladi", deyilmoqda qo‘mita xabarida.

 

Top