22:50 / 12.04.2016
1395

Raneri «Lester»ni tanqid qildi

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z shogirdlarining Angliya chempionatida o‘tkazilgan keyingi 5 ta turdagi o‘yinlaridan ko‘ngli to‘lmaganini ma'lum qildi.

O‘tgan turlarda jamoa «Uotford», «Nyukasl», «Kristal Pelas» va «Sautgempton» jamoalarini 1:0 hisoblarida mag‘lub etdi. Faqat «Sanderlend»ga qarshi o‘yinda 2ta gol urildi.

«Jamoa hali hech narsaga erishgani yo‘q. Biz faqat YeChLning kvalifikatsiya bosqichida o‘ynash uchun yo‘llanma beruvchi o‘rinda turibdi.

Qolaversa, keyingi 5ta o‘yinimizda juda yomon o‘ynadik. «Tottenhem» esa bizni ta'qib qilmoqda. Shuning uchun, bo‘shashishga haqqimiz yo‘q», deydi murabbiy  Gazzetta dello Sport nashri orqali.

33 turdan keyin «Lester» «Tottenhem»ni 7 ochko ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinda bormoqda.

Top