00:33 / 12.04.2016
3133

Rossiyalik qo‘shiqchi Irina Dubtsovani shifokorlar qutqarishga urinishmoqda

Moskvada xonanda Irina Dubtsova gastrol safaridan qaytganidan so‘ng zudlik bilan kasalxonaga yotqazildi. Shifokorlar allergiyadan aziyat chekayotgan xonandaning ahvolini yaxshilashga urinishmoqda. 

Irina hozirda poytaxt kasalxonalarining biriga yotqazildi. Xonanda Gomeldagi konsertini bekor qilib, ijro vaqtida sahnani darhol tark etgan.

Uning vakillari xonandaning ahvoli bahorda o‘sadigan gullarga bo‘lgan allergiya sabab yomonlashganini qayd etishdi.

"Gomelda hozir +20 daraja. Barcha o‘simliklar gullagan. Ira uchun gullagan qayin daraxti juda ham xavfli! Tavakkal qilish oqibatida unga gullar baribir o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Hozirda Irina shifoxonada, barcho a'zolari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, ayni damda bunday kutilmagan vaziyat sodir bo‘lishiga nima sabab bo‘lganini aniqlash juda ham zarur. Shuningdek, shifokorlar mikroinsult yuz bergan bo‘lishi mumkin, degan taxmin bilan Irinaning yurak-qon tomiri tizimini ham tekshirib ko‘rishmoqda. Bu holat ko‘proq spirtli ichkilikbozlikda kuzatiladi”, deb aytdi xonandaning piar-direktori Roman Petruxin.

Eslatib o‘tamiz, Irina Dubtsovaning 8 aprel kuni Gomeldagi konserti vaqtida janjal sodir bo‘lgan. Ko‘pchilikka xonandaning sahnada o‘zini nomuvofiq tutgani hush kelmagan. Ba'zilar kulishni boshlagan, yana ayrimlar zalni tark etishgan. Bir kishi esa sahnaga kelib, Irinani qattiq haqorat qilgan.

Top