11:51 / 12.04.2016
1375

Tailand janubida portlash yuz berishi tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

Tailand janubida bomba portlashi natijasida 4 yoshli bola va bir politsiyachi halok bo‘lgan. Bu haqda Malaysia Kini xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, portlash tufayli shu hududda bo‘lgan 8 kishi jarohatlangan. Ularning 2 nafari politsiyachilar.

Xabar qilinishicha, portlash Chana temir yo‘l bekati yaqinidagi motoroller (mototsikllar turargohi) hududida ro‘y bergan.

Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tomon o‘z zimmasiga olmadi. Mahalliy nashrlarda yozilishicha, bu portlash shu hududda faoliyat ko‘rsatadigan ayirmachi guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.

Top