09:50 / 12.04.2016
3484

Termizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Termizda fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Boysun, Muzrabot, Sherobod, Termiz, Qiziriq, Angor tumanlari Kengashlarining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, tuman va shahar bo‘linmalari mas'ul xodimlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ishchi guruhi rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Bu yilgi saylovlarda viloyat bo‘yicha 832 fuqarolar yig‘ini raisi va ularning 8 ming 400 dan ortiq maslahatchisi saylanadi. Bu vazifaga yetarli hayot tajribasiga ega, el orasida obro‘-e'tibor qozongan va har tomonlama munosib nomzodlar ko‘rsatilishini ta'minlashga alohida ahamiyat berilmoqda.

Seminarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining saylovni tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi va ishchi guruhlarining asosiy vazifasi, saylovning huquqiy asoslari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari xususida atroflicha ma'lumot berildi.

Top