20:21 / 12.04.2016
1361

Tiago Silva: «Hozir APLda «PSJ» darajasidagi jamoa yo‘q»

«PSJ» jamoasi himoyachisi Tiago Silva YeChLning chorak finalida Angliyaning «Manchester Siti»ga qarshi javob o‘yini arafasida jurnalistlarga intervyu bergan.

U intervyusida o‘z jamoadoshi Zlatan Ibrahimovichga ingliz jamoalaridan qiziqish borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan.

«U mening do‘stim. U o‘zining 34 yoshida ham faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazmoqda. Bu dunyoda qiyosi yo‘q futbolchi. Albatta, men uning jamoada qolishini istayman. Men jamoamizni usiz tasavvur eta olmayman.

Unga Angliyadagi bir qator jamoalardan takliflar borligini bilaman, APL dunyoning eng yaxshi va kuchli ligasi. Lekin menimcha, hozir APLda «PSJ» darajasidagi jamoa yo‘q.

Menimcha, u Angliyadagi jamoalardan biriga o‘tsa, orqaga qadam tashlagan bo‘ladi», – deydi Tiago Silva.

Top