16:46 / 12.04.2016
1453

Venesuela prezidenti ayollarni fendan voz kechishga chaqirdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ayollarni fendan foylanaishdan voz kechishga chorladi. Bu haqda The Independent xabar yozgan.

"Menimcha, ayollar sochlarini tabiiy yo‘l bilan quritishsa, yanada jozibali ko‘rinishadi", - degan Maduro.

"Biroq bunday amaliy maslahatning asl maqsadi elektr energiyasini tejashga qaratilgan, axir mamlakat murakkab iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda", deyiladi xabarda.

O‘tgan haftada Venesuela rahbari mehnat haftasining vaqtinchalik qisqartirilishini va juma - dam olish kuni ekanligini e'lon qilgandi.

Undan tashqari, Maduro kiyimlarni kir yuvish mashinasining maxsus funksiyalari yordamida emas, ko‘chada quritishni tavsiya qilgan.

Top