16:57 / 13.04.2016
2238

Amerikalik erkak g‘aroyib o‘g‘rilik sodir etdi

AQShda noma'lum shaxs tunda Five Guys tez ovqatlanish restoranlaridan biriga kirib, o‘ziga kola quyib olgan va 2 dona chizburger tayyorlagan. Taom tayyorlash jarayonida esa, bamaylixotir telefonda suhbatini davom ettirgan. Kuzatuv kameralari yordamida olingan tasvirlarda voqea 18 martda sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ammo shahar politsiya mahkamasi bu tasvirni 6 aprelda e'lon qildi.

«Gumondor shaxs ekspeditor ortidan kirib, uning ketishini kutgan. So‘ngra restoran bo‘ylab yurgan va taom tayyorlab, bir shisha ichimlik bilan binoni tark etgan», — deb ma'lum qilgan Vashington politsiyasi rasmiylari.

Jinoyatchi hanuzgacha qidirilmoqda. Wayback restoranlari tarmog‘i masalaning o‘ziga xos yechimini taklif etmoqda. Unga ko‘ra, o‘g‘ri o‘zini topshirsa, restoran uni bir yil davomida bepul burgerlar bilan ta'minlaydi.

Top