18:50 / 13.04.2016
1750

Filipp Lam: «Bizning vazifamiz – Lissabonda hujumkor o‘yin namoyish etish»

«Bavariya» jamoasi sardori Filipp Lam «Benfika»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz birinchi o‘yindagi g‘alaba yuzaga keltirgan ustunlikni saqlab qolish uchun o‘ynamoqchi emasmiz. Bunday qo‘rqoqlik bizga to‘g‘ri kelmaydi.

Biz Lissabonga yana bir g‘alaba maqsadida keldik. Bizning vazifamiz – javob bahsida ham hujumkor o‘yin namoyish etib, raqib darvozasiga gol urish. Birinchi o‘yinda biz ko‘p golli vaziyatlarni yo‘qqa chiqargandik. Vaziyatlardan unumli foydalanish kerak.

Bundan tashqari, raqib hujum qilishiga ham yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Albatta, ularga bu o‘yinda asosiy hujumchisi Jonas yetishmasligi mumkin, ammo Chempionlar ligasining yarimfinaliga chiqmoqchi bo‘lgan jamoaning zaxirasi ham kuchli bo‘lishi kerak», – deydi Lam.

Top