15:18 / 13.04.2016
1443

Ibrahimovich «PSJ»ning YeChLni tark etishiga murabbiyning yangi taktikasi sabab bo‘lganini aytdi

«PSJ» klubi yetakchisi Zlatan Ibrahimovich jamoasining YeChL chorak final javob o‘yinida «Manchester Siti»ga 0:1 hisobida uchralgan mag‘lubiyatidan keyin jamoa bosh murabbiyi Loran Blan tomoniga e'tirozlarini bildirib o‘tdi.

«Birinchi taymda biz yangi taktikada o‘ynadik. Biz bunday taktikani sinovdan o‘tkazmasdan o‘yinning o‘zida qo‘llashimizga to‘g‘ri keldi. Lekin bo‘lganchi bo‘lib bo‘ldi. Agar bu taktika foyda berganida, hech kim hech narsa demasdi. Endi esa odamlar o‘yinni raqibga boy berganimiz haqida gapirishadi.

Ikkinchi bo‘limda nisbatan yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Chunki, avvalgi taktikaga qaytgandik.

Men o‘z jamoamni «Manchester Siti»dan kuchliroq deb bilaman. Lekin amalda, ikki o‘yinda ham yutqazdik. Shunday ekan, keyingi bosqichda ularda omad tilab qolaman», — deydi Ibrahimovich.

Top