19:13 / 13.04.2016
2154

iOS foydalanuvchilariga Telegram'ning ba'zi kanallariga kirish cheklandi

Telegram'ning ba'zi kanallarida iOS operatsion tizimli qurilmalar foydalanuvchilariga cheklovlar qo‘yildi.

Kim yangi film va seriallar qo‘yuvchi Kinofilm kanaliga kirmoqchi bo‘lsa, unga ogohlantirish beriladi: "Kechirasiz, mualliflik huquqi buzilgani munosabati bilan bu kanalga kira olmaysiz".

Xuddi shu holat kinoxa kanaliga kirishda yoki vkmusic_bot va MusicCatalogBot botlariga qo‘shilishda ham kuzatiladi. Android operatsion tizimli qurilmalarga bu kanallarga kirishda hech qanday cheklovlar yo‘q.

Telegram'ning desktop versiyasida ham barchasi joyida.

vkmusic_bot 2015 yilning dekabridayoq blokka tushgan. Kanal asoschisi Ilya Samartsevning izoh berishicha, Telegram'da unga gap Apple'ning siyosatida ekanini aytishgan.

TJournal messenjer xizmatining javobini keltiradi: "Ularda mualliflik huquqi bilan himoya qilingan ommaviy kontentga nisbatan qoidalar qat'iy. Mualliflik huquqi egalarining arizalari bizga yuboriladi, shuning uchun bizda ularga bo‘ysunib, botingizni bloklashdan o‘zga choramiz yo‘q".

Top