21:07 / 13.04.2016
1408

«MYu» Angliya Kubogi chorak finalida «Vest Hem» to‘sig‘idan o‘ta olmasa, van Gaal ishdan haydalishi mumkin

«Manchester Yunayted» Angliya Kubogining chorak finalida «Vest Hem»ga qarshi kechadigan ikkinchi uchrashuvda kerakli natijaga erisha olmasdan turnirni tark etadigan bo‘lsa, jamoa bosh murabbiy Lui van Gaal o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda telegraaf.nl xabar tarqatgan.

Hollandiyalik ushbu mutaxassisga bo‘lgan bosim eng yuqori cho‘qqiga yetgan va jamoa u bilan hamkorlikni davom ettirishi shubha ostida qolmoqda.

«Manchester Yunayted» APLning 33 turida «Tottenhem»dan 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchraganidan keyin turnir jadvalining beshinchi pog‘onasida joylashib turibdi.

Top