20:08 / 13.04.2016
1690

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Polshaga qarshi birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi

2016 yilning sentabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, 13 aprel sanasida Polsha o‘smirlar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yin Temur Olimxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston U16 terma jamoasi ustunligida o‘tdi. Birichni bo‘limda o‘zbekistonliklar gol urish uchun bir necha qulay vaziyatlarga ega bo‘ldi. Shunday xavfli hujumlarning biri 12-daqiqada amalga oshirildi. Oston O‘runov uzoq masofaga aniq to‘p uzatishini amalga oshirdi va Asad Sobirjonovni to‘p bilan ta'minladi. U qanotdan kirib borib, jarima maydoni ichidagi Ibrohim G‘anixonovga to‘pni uzatdi. Ibrohim aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yarim himoyachisi Bahrom Soatov ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limda Polsha o‘smirlar terma jamoasi hujumda ancha faol harakat qila boshladi. Hujumlardan birida jarima maydoni ichida o‘zbekistonlik himoyachi qo‘pollik ishlatdi deb topilib, Jasurbek Umrzoqov qo‘riqlagan darvoza tomon penalti belgilandi. 11 metrlik jarima zarbasini Matuyesh Praszenik aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan bir pallada, Polsha o‘zining so‘nggi hujumini tashkil etdi va uni muvaffaqiyatli yakunlay oldi. Golga Bartlomey Kukulovich mualliflik qildi.

O‘zbekiston U16 - Polsha U16 - 1:2

Gollar: Ibrohim G‘anixonov (12) - Matuyesh Praszenik (74 - pen.), Bartlomey Kukulovich (90+4).

O‘zbekiston U16: Jasurbek Umrzoqov, Ixtiyor Xoldorov, Abubakir Mo‘ydinov, Oston O‘runov, Bahrom Soatov, Rasul Yo‘ldoshev, Asadbek Sobirjonov, Ibrohim G‘anixonov, Islom Karimov, Shuhrat Ne'matov.
Zaxira: Abduvohid Ne'matov, Muhammadali Nomozov, Shohzamon Xayrullayev, G‘ayrat Azizxo‘jayev, Abdug‘ani Kamolov, Abdunozir Abdurahmonov, Doniyor Abdumannonov, Ohun Sayfuddinov, Abduqodir Parpiyev, Humoyun Abdusattorov.

Polsha U16: Bartosh Mrozek, Martsin Grabovski, Simon Zalevski, Kasper Laskosh, Mateush Skrzipchak, Timoteush Klyupsh, Przemishlav Bargiyel, Kasper Velniak, Mixal Skorash, Blazey Starziski, Sebastyan Valukiyevich.

Zaxira: Pavel Sokol, Matuyesh Praszenik, Kasper Tabis, Javib Kivor, Marsel Stefanek, Xubert Sobol, Bartlomey Kukulovich.

Top