18:06 / 13.04.2016
1579

O‘zbekiston va Rossiya Xavfsizlik kengashlari kotiblari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

13 aprel kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi N. Patrushev bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Muloqot chog‘ida zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki tomonlama shakldagi va ShHT doirasidagi munosabatlarning hozirgi holati va ularni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki davlatning ShHT doirasida o‘zaro hamkorligi, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan sammit va O‘zbekistonning mazkur tashkilotga raisligi davridagi bo‘lajak boshqa tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Top