18:49 / 13.04.2016
3282

O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Xitoy jamoat xavfsizligi vaziri bilan uchrashdi

13 aprel kuni Toshkentda ShHTga a'zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a'zosi — jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkun bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Xitoy munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan, ShHT doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni tashkilotga a'zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, mintaqaviy xavfsizlik sohasiga oid amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan O‘zbekistonning ShHTdagi raisligini yuqori baholadi. Toshkentda davlat rahbarlari kengashining majlisi va boshqa tadbirlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi qayd etildi.

Top