19:34 / 13.04.2016
3466

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovni bosh vazir etib tayinlash haqida farmonini imzoladi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Sooronbay Jeenbekovni respublika hukumatiga rahbar sifatida tayinlash haqidagi farmonini imzoladi. Bu farmonda yangi hukumatdagi vazirlar tayinlovi ham keltirilgan. Bu haqda TASS agentligi hukumat matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatgan.

"Prezident oldingi bosh vazir va uning hukumati iste'fosi haqidagi farmonini ham imzolagan", deyiladi xabarda.

Shu tariqa, chorshanba kunidan hukumatning yangi tarkibi rasman ish boshladi. Hukumat tarkibi (sobiq bosh vazir Temir Sariyev bundan istisno - tahririyat) o‘zgarmagan, avvalgi vazirlar o‘z lavozimlarida qolishgan.

Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati tarkibi:

- Bosh vazir – Sooronbay Jeenbekov;
- Bosh vazir birinchi o‘rinbosari – Muxammetkaliy Abulgaziyev;
- Bosh vazir o‘rinbosari – Oleg Pankratov;
- Bosh vazir o‘rinbosari – Gulmira Kudayberdiyeva;
- Hukumat apparati rahbari – vazir – Akilbek Osmonaliyev;
- Tashqi ishlar vaziri – Erlan Abdildayev;
- Ichki ishlar vaziri – Melis Turganbayev;
- Adliya vaziri – Jildyz Mambetaliyeva;
- Moliya vaziri – Adilbek Kasimaliyev;
- Iqtisodiyot vaziri – Arzibek Kojoshev;
- Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya vaziri – Turdunazir Bekboyev;
- Transport va kommunikatsiya vaziri – Zamirbek Aydarov;
- Favqulodda holatlar vaziri – Kubatbek Boronov;
- Ta'lim va fan vaziri – Elvira Sariyeva;
- Sog‘liqni saqlash vaziri – Talantbek Batyraliyev;
- Madaniyat, axborot va turizm vaziri – Altinbek Maksutov;
- Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vaziri – Kudaybergen Bazarbayev;
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi va Mudofaa ishlari davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston respublikasi prezidenti nomenklaturasi hisoblanadi.

11 aprel kuni sobiq bosh vazir Temir Sariyev korrupsiya mojarosi fonida iste'foga chiqqani ma'lum qilingandi.

12 aprelda Qirg‘iziston parlamentida uning o‘rniga Sooranbay Jeenbekov nomzodi ko‘rib chiqildi va 13 aprelning birinchi yarmida parlament uni hukumat rahbarligiga nomzod sifatida tasdiqladi.

Ma'lumot uchun, Sooranbay Jeenbekov 1958 yilda O‘sh viloyatida tug‘ilgan. U 2016 yilning 23 martidan buyon prezident devoni rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Top