07:44 / 13.04.2016
1486

Rossiyaning desant kemalari Yapon dengizida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Rossiyaning katta desant kemalari Yapon dengizida mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Mashg‘ulotlar davomida desant guruhi 20 dan ko‘proq jangovar mashqni bajaradi hamda shartli shikastlangan kemaga yordam beradi. Mashg‘ulotlar qishki jangovar o‘quv amaliyotining yakunlovchi bosqichi doirasida o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulotlarda Primorsk flotining turli kuchlari suv usti kemalari taktik guruhlari ishtirok etmoqda.

"Birinchi bosqichda katta desant kemalari ekipajlari safarbarlanish va belgilangan jangovar tayyorgarlik hududlariga dengiz orqali o‘tish elementlarini bajarishdi. Qo‘poruvchilikka qarshi kema raschyotlari dengiz orqali o‘tishda va himoyalanmagan reydda kemalarni himoya va mudofaa qilish tadbirlarini mashq qilishdi", deb ma'lum qilindi Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmatida.          

Mashg‘ulotlarning 2-bosqichida desant kemalari dengiz piyoda askarlari va jangovar texnika bo‘linmalarini qabul qilishgan hamda dushman tomonidan shartli minalashtirilgan hududlarda kemalarni bazaviy tralchi kema (dengiz ostini tekshiradigan yoki minadan tozalaydigan kema) ortidan olib o‘tish mashqlarini bajarganlar.  

Top