14:58 / 13.04.2016
6571

Toshkentda “26-Qorilar musobaqasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi

12 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida “26-Qorilar musobaqasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichini o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda rais o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur boshchiligida barcha tashkiliy guruh a'zolari qatnashdi. Yig‘ilishda rais, muftiy Usmonxon Alimovning musobaqaga doir buyrug‘i tanishtirildi.

Musobaqani tashkil etish bo‘yicha fikr mulohazalar bildirilib, namunali o‘tkazish bo‘yicha mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun, “26-Qorilar musobaqasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi 20 aprel kuni Toshent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” masjidida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘MI tasarrufidagi barcha diniy ta'lim muassasalari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari ishtirok etadi.

Top