00:44 / 14.04.2016
1780

13 yoshli futbolchi kamzulini yirtgan do‘stiga bir necha marotaba pichoq sanchdi

Voronej viloyatidagi maktab o‘quvchisi unga futbol maydonida pichoq sanchilgani sababli reanimatsiyaga tushib qoldi. Bu haqda 13 aprel kuni Eurosport xabar bermoqda.

Voqea 10 aprel kuni Novaya Usman qishlog‘ida sodir etilgan. 

O‘smir bolalar futbol o‘ynayotgan chog‘ida ikki nafar bola o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va katta janjalga aylanib ketgan. Natijada 14 yoshli bola 13 yoshli do‘stining kamzulini yirtib yuborgan. Alamzada bola maydonni tark etgan va biroz muddatdan so‘ng qo‘lida pichoq bilan qaytib kelib, raqibidan qasd olish maqsadida uning qorniga bir necha marotaba pichoq sanchgan.

Jabrlanuvchi darhol shifoxonaga yotqizilgan. Voqea joyiga yetib kelgan tergovchilar maydonda pichoq topishgan.

13 yoshli bolaga qanday qaror chiqarilishi haqida xabar qilinmagan.

Top